← Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Sug'urtaGo sayti, Telegram boti (@Sugurtago_bot) va Android ilovasi uchun amal qiladi.

Sug'urtaGo OSAGO sugʻurta polisini rasmiylashtirish, polis holatini va MIB qarzdorligini tekshirish uchun xizmat qiladi.

Qanday maʼlumotlar ishlatiladi

Avtomobil davlat raqami, texpasport seriyasi va raqami; avtomobil egasi va haydovchilarning pasport seriyasi, raqami va tugʻilgan sanasi; telefon raqami; MIB tekshiruvi uchun JSHSHIR. Bu maʼlumotlar faqat siz soʻragan xizmatni bajarish uchun sugʻurta tizimi va davlat saytlariga yuboriladi.

Saqlash

Pasport va JSHSHIR maʼlumotlari telefoningizda saqlanmaydi. Serverda polis buyurtmasi (davlat raqami, kompaniya, narx, telefon, polis raqami) hisob-kitob uchun saqlanadi. Soʻnggi qidiruvlar tarixini ilovaning oʻzida oʻchirishingiz mumkin.

Uzatish

Sayt, ilova va server oʻrtasidagi barcha aloqa shifrlangan (HTTPS). Toʻlov Payme, Click, Paynet yoki Uzum orqali toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta kompaniyasiga oʻtadi; karta maʼlumotlaringiz ilova yoki serverga kelmaydi.

Sayt

Sayt hech qanday shaxsiy maʼlumot yigʻmaydi va shakllar orqali maʼlumot soʻramaydi. Barcha rasmiylashtirish Telegram bot yoki ilova orqali amalga oshiriladi.

Oʻchirish

Ilovada «Profil → Maʼlumotlarimni oʻchirish» orqali tarix va profilingizni oʻchirishingiz mumkin. Bot yoki boshqa maʼlumotlar boʻyicha adminga yozing.

Aloqa

Telegram: @yunusov96